Xonqa tumanida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

O‘zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan “Xorazm viloyatida ayollar orasida onkologik kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash hamda profilaktik tadbirlarni tizimli va samara­li tashkil etish” nomli ijtimoiy buyurtma loyihasini amalga oshirish doirasida, kecha, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali «Selektiv skrining markazi» hamda «Sayyor mammografiya» klinikasi tibbiyot xodimlari hamkorlikda Xonqa tumani KTMPda ayollar orasida profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbir ayollar salomatligini mustahkamlash, onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratildi.




Top